Saytdan ro'yxatdan o'tish

лучший сайт где можно скачать шаблоны для dle 11.2 бесплатно

Maqolalar rasmlarda

Murojaat uchun

  • (998 93) 428-33-08
  • (998 93) 418-66-55
  • developer@umail.uz
  • Andijon viloyati Andijon tumani
» » Erkin Vohidovni yod aylab

Erkin Vohidovni yod aylab

akademik 1-10-2016, 13:42 1 278 Tadbirlar
O‘zbekiston xalq shoiri (1987), O‘zbekiston Qahramoni (1999), dramaturg va jamoat arbobi Erkin Vohidov
 1936-yil 28-dekabr kuni Farg‘ona viloyati Oltiariq tumanida tug‘ilgan. Toshkent davlat universitetining
filologiya fakultetini tugatgan (1960).
“Yosh gvardiya” nashriyotida muharrir, bosh muharrir (1960–1963; 1975–1982), G‘afur G‘ulom nomidagi Adabiyot
va san’at nashriyotida muharrir, bosh muharrir (1963–1970), direktor (1985–1987), “Yoshlik” jurnali bosh muharriri
 (1982–1985) bo‘lib ishlagan.

Ilk she’riy to‘plami — “Tong nafasi” 1961-yilda nashr etilgan. Keyinchalik “Qo‘shiqlarim sizga” (1962),
“Yurak va aql” (1963), “Mening yulduzim” (1964), “Muhabbat” (1976), “Kelajakka maktub” (1983), ikki jildli saylanma
(“Muhabbatnoma” va “Sadoqatnoma”, 1986), “Kuy avjida uzilmasin tor” (1991), “Yaxshidir achchiq haqiqat” (1992)
singari kitoblari dunyo yuzini ko‘rgan.

Shuningdek, U Gyotening “Faust” asarini, Sergey Yeseninning she’rlarini o‘zbek tiliga tarjima qilib, alohida
 kitob holida nashr ettirgan, Shiller, Iqbol, Ulfat, Rasul Hamzatov, Lesya Ukrainka, Aleksandr Blok va boshqa
turli xalqlar shoirlari asarlarini ham o‘zbek tiliga tarjima qilgan.

Erkin Vohidov “Buyuk xizmatlari uchun” ordeni bilan mukofotlangan (1997). Hamza nomidagi O‘zbekiston Davlat mukofoti
 laureati (1983). Shuningdek, 2016-yili shoir haqida “Erkin Vohidov zamondoshlari nigohida” to‘plami ham nashr
 etilgan edi. Erkinj Vohidov xotirasini yod etish maqsadida 36-dimi da tadbir tashkil etildi. Tadbirni oliy toifali
ona tili va adabiyot o'qituvchisi Faridaxon Sobirova ochib berdi. Tadbirni  sherlar qo'shiqlar sahna ko'rinishlari
yanada bezadi.
шаблоны для dle 11.2

Похожие новости

  • Maktabimizda "O'zbekiston Respublikasida yoshlarga oid davlat siyosati" mavzusida MMIBDO' larning viloyat seminari o'tkazildi
  • 8-dekabr O'zbekiston Respublikasi Konstitutsyasi kuniga bag'ishlab
  • Zahiriddin Muhammad Bobur ziyoratida
  • O'zbekiston Respublikasining birinchi prezidenti I.A.Karimov xotirasiga bag'ishlab tadbir o'tkazildi