Saytdan ro'yxatdan o'tish

лучший сайт где можно скачать шаблоны для dle 11.2 бесплатно

Maqolalar rasmlarda

Murojaat uchun

  • (998 93) 428-33-08
  • (998 93) 418-66-55
  • developer@umail.uz
  • Andijon viloyati Andijon tumani
» » Murodiljon Salaydinovdan - Urug'ning unib chiqishi

Murodiljon Salaydinovdan - Urug'ning unib chiqishi

akademik 21-02-2017, 16:57 3 983 Maktab hayoti
Urug‘ – o‘simliklarning ko‘rayish o‘rgani. U murtak, urug‘palla va po‘stdan iborat. O‘simlik o‘stirish uchun yerga urug‘ ekiladi. Urug‘dan yosh o‘simlik qanday qilib va nima hisobiga chiqishini hamda rivojlanishini bilish uchun uning tashqi va ichki tuzilishini bilish kerak. Har bir o‘simlikning urug‘i o‘ziga xos tuzilganyu O‘simliklar urug‘pallasiga qarab  bir va ikki urug‘pallali o‘simliklarga bo‘linadi.
Ikki va bir urug‘ spallali o‘simliklarning urug‘lari.

Ikki urug‘pallalilarning urug‘ida ikkita urug‘ palla va murtak joylashgan. Murtak ildizcha, poyacha va ikkita bargchadan tashkil topgan. Shunday qilib, ikkita urug‘pallaga ega o‘simliklar ikki urug‘pallali o‘simliklar deyiladi. O‘zbekistonda ikki urug‘pallalilarning eng tarqalgan vakili g‘o‘za hisoblanadi. G‘o‘zaning chigiti (urug‘i) ustidan qalin yog‘ochsimon qobiq bilan o‘ralgan. Qobiq xujayralarida juda uzun tuklar yani tolalar joylashgan. Yog‘ochsimon qobiq ostida oq va yupqa po‘st, uning ostida esa qat-qat bo‘lib joylashgan urug‘ pallalar va murtak bor. ikki urug‘pallali o‘simliklarning urug‘lari yer yuziga ikkita urug‘palla barg bilan chiqadi. bir urug‘pallali o‘simliklarning urug‘lari esa yer yuziga bitta urug‘pallabarg bilan chiqadi. Bir urug‘pallalilarning urug‘i bitta urug‘pallabarg murtakdagi ildizcha, poyacha va kurtakchadan iborat. Ularga bug‘doy, arpa, suli, sholi, makkajo‘xorilar kiradi. Yer yuzidagi eng kzp tarqalgan bir urug‘pallali o‘simlik bu bug‘doy. Bug‘doyning urug‘i cho‘ziq shaklda, uning sirti yupqa po‘st bilan qoplangan. Bu po‘st qo‘shilib o‘sgan ikkita qobiqdan iborat. Tashqisi meva qobig‘i ichkisi urug‘ po‘sti. Bug‘doy urug‘ini ichki tuzilishini ko‘rish uchun uni ivitib so‘ng uzunasiga kesish kerak. Kesikda uning asosida joylashgan murtakni ko‘rish mumkin. Murtak boshlang‘ich ildizcha poyacha va kurtakchadan iborat. Bug‘doyning bitta urug‘pallasi murtakni endospermadan ajratib turadi. Murtakdagi bu qismlarni oddiy ko‘z bilan ko‘rib bo‘lmaydi. Urug‘ning aksariyat qismi endosperma – oziq moddalar to‘plamini tashkil etuvchi xujayralardan iborat. Shunday qilib, bitta urug‘palla bo‘ladigan o‘siliklar bir urug‘pallalilardir.
Urug‘larning unib chiqishi.

Urug‘larning unishi uchun xavo, tuproq, namlik, xarorat zarur. Ururg‘lar yumshatilmagan qattiq yerga ekilsa, xavo kamligi tufayli sekin ko‘karadi. Ba’zilari ko‘karmaydi. Urug‘lar tez va bir tekis unib chiqishi uchun tuproq yumshoq, o‘rtacha namlikda bulishi kerak. Urug‘lar o‘lchamiga qarab turlicha chuqurlikka ekiladi. Masalan: sabzi – 0.5-2 sm, shivit – 1-3 sm, turp – 2-3 sm, bug‘doy 3-5 sm, g‘uza 6-7 sm, makkajuxori – 6-10 sm chuqurlikka ekiladi. Urug‘larning unib chiqish xarorati har xil. Masalan: Qovun – 15 gradus, g‘o‘za – 13 gradus, bodring – 12 gradus. Pomidor – 10 gradus, makkajo‘hori 8 gradus, sabzi – 5 gradus, bug‘doy – 3 gradus.

Urug‘larning nafas olishi

Yashil o‘simliklar organizmidagi xar bir xujayra nafas oladi. Shuningdek urug‘lar xam nafas olganda xavodan kislorod yutib SO2 issiqlik, suv chiqaradi. Urug‘larning nafas olishi turlichadir bir xil. Ba’zi urug‘lar nafas olish xususiyatini bir yil saqlasa yantoq kabi o‘simliklar 100 yilgacha saqlaydi. Urug‘lar nafas olganda kislorod yutib COchiqarishini quyidagi tajribada tekshirish mumkin. Buning uchun bitta shisha idishga undirilgan idishga yonib turgan sham tushirilsa, u yonishda davom etadi. Sababi, idishda kislorod bor. So‘ngra og‘zini maxkam berkitib, uni qorong‘u va issiq joyga ko‘yiladi. Oradan ikki uch kun o‘tgach unga yonib turgan sham tushirilsa u o‘chib quyiladi. Demak, unayotgan urug‘lar xavodan kislorod yutib COchiqaradi. Unayotgan urug‘lar idishi devorida har vaqt suv tomchilarini ko‘rish mumkin. Unayotgan urug‘lar suv, xavo, tuproq orqali nafas oladi. Shuning uchun ham urug‘ o‘stirilayotganda unga suv quiladi. Urug‘lar nafas olganda, boshqa tirik organizmlar kabi issiqlik ajratadi. Buni bilish uchun turli xildagi urug‘lar olinadi. Masalan: mosh, loviya, bug‘doy, makkajo‘xori. Xar bir urug‘dan 30-40 donadan olib aloxida-aloxida bankaga solamiz. Banka ichiga termometr joylashtiramiz. Xona xarorati 20 gradus bo‘lishi kerak. Urug‘lar ajrataoyotgan issiqliki saqlab qolish uchun banka ustini qog‘oz, paxta va uning ustini toza quruq latta bilan o‘raymiz. Oradan 2 soat o‘tgandan so‘ng termometrni tekshiramiz.

 Urug‘ turi
Uy xarorat
Chiqarilgan xarorat
Bug‘doy
20⁰
5⁰
Loviya
20⁰
3⁰
Mosh
20⁰
4⁰
Makkajo‘xori
20⁰
7⁰

  Nafas olayotganda issiqlik ajratayotgan nam urug‘lar tezda qizib ketadi va buziladi. Shuning uchun saqlashga mo‘ljallangan urug‘lar maxsus qurilgan quruq va yaxshi shamollatiladigan binolarda saqlanadi.шаблоны для dle 11.2

Похожие новости

  • Odob axloq qoidalari
  • Erkin Vohidovni yod aylab
  • O'zbekiston Respublikasining birinchi prezidenti I.A.Karimov xotirasiga bag'ishlab tadbir o'tkazildi