Saytdan ro'yxatdan o'tish

лучший сайт где можно скачать шаблоны для dle 11.2 бесплатно

Maqolalar rasmlarda

Murojaat uchun

  • (998 93) 428-33-08
  • (998 93) 418-66-55
  • developer@umail.uz
  • Andijon viloyati Andijon tumani
» » EYNSHTEYN MASALASI

EYNSHTEYN MASALASI

akademik 23-02-2017, 11:26 4 264 Maktab hayoti
Buyuk fizik Albert Eynshteyn bir qiziqarli topishmoq yaratgan. Ba'zi ma'lumotlarga ko'ra bu masalani insoniyatning 2% qismi yecha olar ekan. Siz ham yechib ko'ring! Agar yecha olsangiz, o'zingizni o'sha ikki foiz aqlli insonlar qatoriga qo'shib qo'yavering :)

EYNSHTEYN MASALASI

Shartlar:
1.5ta turli rangli uy bor.
2.Har bir uyda bittadan turli millatga mansub odam yashaydi. Bular - nemis, ingliz, shved, daniyalik va norvegiyalik.
3.Ularning har biri turli hil ichimlik iste'mol qiladilar, turli markali tamaki chekadilar va turli hil hayvon boqadilar.
4.Eslatma: ularning hech qaysinisi boshqasi ichadigan ichimlikni ichmaydi, boshqasi chekadigan tamakini chekmaydi va boshqasi boqadigan hayvonni boqmaydi.

Berilgan ma'lumotlar:

1.Ingliz qizil uyda yashaydi.
2.Shved kuchuk boqadi.
3.Daniyalik choy ichadi.
4.Yashil uy oq uyning chap tomonida joylashgan.
5.Yashil uyning egasi kofe ichadi.
6."Pall-Mall" tamakisini chekuvchi qush boqadi.
7.O'rtada joylashgan uyning egasi sut ichadi.
8.Sariq uyning egasi "Dunhill" markali tamaki chekadi.
9.Norvegiyalik birinchi uyda turadi.
10."Marlboro" tamakisini chekuvchi mushuk boqiladigan uyning yonidagi uyda yashaydi.
11.Ot boquvchi "Dunhill" markali tamaki chekuvchi uyining yonidagi uyda yashaydi.
12."Winfield" markali tamaki chekuvchi pivo iste'mol qiladi.
13.Norvegiyalik havorang uyning yonidagi uyda yashaydi.
14.Nemis "Rothmans" markali tamaki chekadi.
15."Marlboro" markali tamaki chekuvchining uyi suv iste'mol qiladigan odam uyining yonida joylashgan.

Savol:
Shu 5 millat vakilidan qaysi biri baliq boqadi?

Men bu masalani yechishga sal kam 2 soat sarfladim siz ham yecha olasiz urinib ko'ring!

Nurmuhammad Alimqulovшаблоны для dle 11.2

Похожие новости

  • Murodiljon Salaydinovdan - Urug'ning unib chiqishi
  • Odob axloq qoidalari
  • Maktabimizda "O'zbekiston Respublikasida yoshlarga oid davlat siyosati" mavzusida MMIBDO' larning viloyat seminari o'tkazildi
  • Erkin Vohidovni yod aylab
  • O'zbekiston Respublikasining birinchi prezidenti I.A.Karimov xotirasiga bag'ishlab tadbir o'tkazildi